Asosiy kontentga o'tish
TAMAL REALTY INVEST

Toshkent · Ko'chmas mulk boshqaruvi

Kvartirangizni topshiring - qolganini biz bajaramiz

Ijarachi topamiz, ijarani yig'amiz, ta'mirni hal qilamiz. Ijaraning 90% sizga.

Hamkorlarimiz: NRG BI, GH on the Park, U Tower, BI Group

Ijaraga berish nimasi bilan qiyin

Bu ishlarni biz o'z zimmamizga olamiz.

Boshqaruvimizdagi kvartiralardan

Suratlar namuna uchun

Ijaraga tayyor, zamonaviy jihozlangan mehmonxona

Band qilindiRasmiy shartnoma

To'rt qadam, keyin siz ishtirok etmaysiz

  1. Murojaat va baholash

    Mutaxassis uyni ko'rib, bozordagi ijara narxini aytadi.

  2. Shartnoma tuzish

    Boshqaruv shartnomasini kamida 1 yilga imzolaymiz.

  3. Tayyorlov va joylashtirish

    Zarur bo'lsa, xonadonni jihozlaymiz, professional suratga olamiz va ijarachilarni jalb qilamiz.

  4. Barqaror daromad

    Menejer ijarani naqd oladi va ulushingizni sizga naqd beradi. Har bir to'lov kabinetda ko'rinadi.

Batafsil jarayon bilan tanishish →

Kafolat mexanizmi

Uy bo'sh tursa, kafolat ishlaydi

Batafsil kafolat shartlari →
  1. Depozitsiz ijara

    Kafolat kuchga kiradi

    Har bir depozitsiz ijara shartnomasidan keyin amal qiladi.

  2. 1-14 kun

    Yangi ijarachi qidirish

    Uy bo'shasa, 14 kun ichida yangi ijarachi topamiz.

  3. 15-kundan 50%

    Kafolatlangan to'lov

    15-kundan har bir bo'sh kun uchun kunlik ijaraning 50%ini o'zimiz to'laymiz.

Mebelsiz uy ham ijaraga tayyor

Ta'mirli, lekin mebelsiz uyga $2000 gacha mebel va texnika qo'yamiz. Oldindan hech narsa to'lamaysiz.

Jihozlash hisobi

Mebel va maishiy texnika
$2000 gacha
Oldindan to'lov
$0
Qoplash
3-4 oy

Sizning 90% ulushingizdan ushlab qolinadi

NatijaUy ijaraga tayyor

Oyiga qancha olasiz

Oylik ijara narxini tanlang va qo'lingizga qancha tegishini ko'ring.

Tuman yoki hudud
Xonalar soni
$700 / oy

Sizga oyiga:

$630

Boshqaruv haqi 10%, kamida $50. Ta'mir va jihozlash xarajati shu summadan ushlanadi.

Aniq hisobni olish

Ko'p beriladigan savollar

Kvartiram zarar ko'rsa nima bo'ladi?
Har bir uyni yong'in va suv bosishidan hamkor sug'urta kompaniyasida o'z hisobimizdan sug'urtalaymiz. Boshqa ta'mirni usta smeta va foto/video hisobot bilan qiladi; xarajat keyingi ijaradan ushlanadi va kabinetingizda ko'rinadi.
Ijara puli o'z vaqtida kelishiga kafolat bormi?
Ijarani menejer naqd oladi va ulushingizni sizga naqd beradi; bank o'tkazmasi yo'q. Bo'sh turish kafolati ijara qarzini qoplamaydi: depozitsiz shartnomadan keyin uy bo'sh qolsa, 15-kundan yangi ijaragacha har bo'sh kun uchun kunlik ijaraning 50%ini to'laymiz.
Shartnoma muddati qancha?
Kamida 1 yilga, keyin uzaytirsa bo'ladi.
Kommunal to'lovlar kim tomonidan to'lanadi?
Svet, gaz, suv va internet uchun ijarachi to'laydi. Uy boshqaruv kompaniyasi (TSJ) xarajatlari ijara summasiga kiritiladi va mulkdor hisobidan qoplanadi.
Kvartiraga o'zim kira olamanmi?
Ha. Faqat kamida 1 kun oldin bizni yoki ijarachini ogohlantiring.

Kvartirangiz bo'sh turmasin

Ariza qoldiring: bepul maslahat va uyingiz bahosini olasiz.